1

Ko`ksaroyda Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi (video)

Siyosat 13.09.2018, 12:07
Ko`ksaroyda Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi (video)

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 12 sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar 13 sentyabr kuni Ko`ksaroyda rasmiy kutib olish marosimi bilan boshlandi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko ikki mamlakatning rasmiy delegasiyalari vakillari va xorijiy davlatlarning O`zbekistondagi elchilari bilan tanishdi.

Rasmiy kutib olish marosimidan so`ng davlat rahbarlarining muzokaralari boshlanadi. Muzokaralar avval tor, keyin keng doirada o`tkaziladi.



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1