AsosiyJamiyat

TATUda Belarus davlat universiteti bilan hamkorlikda qo`shma fakultet ochiladi

'TATUda Belarus davlat universiteti bilan hamkorlikda qo`shma fakultet ochiladi'ning rasmi

Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o`rtasida Axborot texnologiyalari bo`yicha qo`shma fakultet tashkil etish bo`yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining rasmiy telegram kanali xabar berdi.

Shartnomaga ko`ra, 2019-2020-o`quv yilidan boshlab Axborot texnologiyalari bo`yicha hamkorlikda yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida qo`shma fakultetga quyidagi yo`nalishlar bo`yicha abiturientlar qabul qilinadi:

- axborot texnologiyalarining dasturiy ta`minoti;

- mobil tizimlarini dasturlash;

- sun`iy intellekt.

Hamkorlikda tashkil etiladigan qo`shma fakultetda talabalar 1-2-bosqichlarda TATUda tahsil oladi, 3- va 4-bosqichlarda esa o`qishni BDIRUda davom ettiradi. Fakultetni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ikki tomonlama diplom beriladi.

Qo`shma fakultetda o`qish rus tilida olib borilishi rejalashtirilgan bo`lib, joriy yilning noyabr oyidan universitet huzurida rus tili, matematika, fizika, informatika asoslari va ingliz tili fanlaridan tayyorlov kurslari tashkil etilishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar