AsosiyJamiyat

Xorijda ishga joylashtirish faoliyatini lisenziyalash tartibi belgilandi

'Xorijda ishga joylashtirish faoliyatini lisenziyalash tartibi belgilandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko`rib chiqish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan O`zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyatini lisenziyalash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur faoliyatni amalga oshirishga doir lisenziya talablari va shartlari nizomda belgilangan. Unga ko`ra, shtatda oliy yuridik ma`lumotga ega bo`lgan kamida bir nafar mutaxassis, shuningdek, mehnat migrantlarini yuborish nazarda tutilayotgan mamlakatlar tillarini yaxshi biladigan xodimning bo`lishi lisenziya talablaridan hisoblanadi.

Lisenziya olish uchun ariza beruvchi tegishli hujjatlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga bevosita yoki elektron shaklda taqdim etadi.

Hujjatlar ishchi organ – Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan o`n ish kuni davomida ko`rib chiqiladi.

Lisenziya beringanligi uchun eng kam ish haqining uch baravari miqdorida yig`im undiriladi.

Lisenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi tashkil etildi.

Quyida fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish faoliyatini lisenziyalash bosqichlari keltirilgan:

    Boshqa yangiliklar