AsosiyJamiyat

AQShning Kolumbiya universiteti o`qituvchisi namanganlik talabalarga dars o`tmoqda

'AQShning Kolumbiya universiteti o`qituvchisi namanganlik talabalarga dars o`tmoqda'ning rasmi

AQShning Kolumbiya universiteti ekspert-o`qituvchisi Benjamin Arensteyn yangi o`quv yilidan boshlab bir yil davomida Namangan muhandislik-texnologiya institutida talabalarga ingliz tilidan dars mashg`ulotlarni o`tkazadi.

Bundan tashqari, Benjamin Arensteyn tomonidan institutning professor-o`qituvchilar uchun mahorat darslari ham tashkil etiladi. Bu Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining rasmiy telegram kanali xabar bermoqda.

Mazkur institutga AQShlik yana bir o`qituvchi tashrif buyurib, o`z tajribasi bilan o`rtoqlashmoqda. Texas xalqaro ta`lim markazi professori Ravi Prokash Dani tegishli yo`nalishdagi talabalarga “O`simlikshunoslik va paxtachilik” fanidan 40 soatlik dars mashg`ulotlarini olib bormoqda.

Professor Ravi Prokash Dani tashrifi davomida AQSh va Hindistonning nufuzli oliy ta`lim muassasalari bilan videokonferensiya o`tkazish ham rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar