13 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi "Qatortol" ko`chasida issiq suv quvuri yorilishi natijasida "Spark" avtomashinasi zarar ko`rgani haqidagi videova fotolar tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB boshqarmasi xabariga ko`ra, "Toshissiqquvvati" Chilonzor tumanida isitish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilayotgan vaqtida "Qatortol" ko`chasidagi issiqlik tarmoqlarining eskirgan qismida magistral quvuri yorilib ketgan. Natijada shu hududdagi "Spark" va "Matiz" engil avtomobillari buzilgan asfalt qoplamasi tufayli shikastlangan.
Hozirda ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.








