Kuala-Lumpurdagi eng gavjum ko`chalarning birida portlash sodir bo`ldi, deya xabar beradi ITAR-TASS, Malayziya OAV bergan ma`lumotlarga tayanib.
Taxminlarga ko`ra, savdo majmuasidan odamlar ketayotgan ko`chaga granata otib yuborilgan. Natijada 14 kishi turli tan jarohatlarini olishgan va kasalxonaga etkazilgan. Voqea sodir bo`lgan joyda tekshiruv ishlarini olib borgan polisiya xodimlari ushbu ko`chada turgan avtomobilning tag qismiga o`rnatilgan ikkinchi granatani ham topishga muvaffaq bo`lishgan.
Ma`lumotlarga qaraganda, portlashlar jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshirilgan bo`lishi mumkin.