AsosiyDunyo

Avtoralli Turkmaniston Prezidenti ishtirokida start oldi

'Avtoralli Turkmaniston Prezidenti ishtirokida start oldi'ning rasmi

Turkmanistonda 11 sentyabr kuni “Amul-Xazar 2018” avtorallisi start oldi. Xalqaro rallini keng yoritayotgan milliy matbuot poygani “Amul-Xazar 2018” eko-ralli-reydi, deya atadi.

Shaxsan Turkmaniston prezidentining ta`kidlashicha, avtoralli start olganidan keyin, tadbir ishtirokchilari o`z avtomobillari uchun ekologik yonilg`idan foydalana boshlaydilar.

Davlatga tegishli DTX axborot agentligi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning “Poyganing bu ko`rinishi zaharli gazlarning chiqishi bilan bog`liq bo`lgani bois mamlakatimizda bu tadbirni tashkillashtirish jarayonida ekologiya masalasiga birinchi darajali vazifa, deya ahamiyat qaratildi“, degan so`zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Davlat rahbarining so`zlariga tayangan holda nashrning ta`kidlashicha, Turkmaniston o`z siyosatida atrof-muhit muhofazasiga hamisha katta ahamiyat qaratib kelgan, shu sababli “Amul-Xazar 2018” ralli ishtirokchilari Turkmanistonda ishlab chiqarilgan ekologik toza “EKO-5” yonilg`isi bilan ta`minlandi.

“Biz shuningdek, gazdan ekologik sintetik benzin ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz. Bu o`z navbatida kelajakda sportning bu turini yanada rivojlantirish imkonini beradi“, dedi Turkmaniston prezidenti.

Avtoralli “Asul-Xazar 2018“ Turkmanobod shahrida prezident Berdimuhamedov ishtirokida start oldi. Jahonning 20ta mamlakatidan kelgan 80ga yaqin ekipaj qatnashayotgan “Amul-Xazar 2018“ avtoralli ishtirokchilari besh kun mobaynida Qoraqum cho`llari bo`ylab 1500 kilometrdan ko`proq masofani bosib o`tishadi va 15 sentyabr kuni Kaspiy dengizi sohillariga borishadi.

    Boshqa yangiliklar