AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qolipli non narxi oshdi

'O`zbekistonda qolipli non narxi oshdi'ning rasmi

Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Qarorga muvofiq 2018 yil 15 sentyabrdan:

- bir kilogramm 1-nav bug`doy unining ulgurji narxi 1 400 so`m etib belgilandi;

- qolipli (“buxanka”) non erkin bozor narxi bo`yicha (hozirda narx davlat tomonidan tartibga solingan) sotiladi.

Bunda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab un va qolipli non olish bo`yicha qo`shimcha xarajatlarni qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi (18 400 so`m) miqdorda kompensasiya to`lovi to`lab beriladi.

    Boshqa yangiliklar