AsosiyDunyo

Apple uchta yangi iPhoneni namoyish etdi

'Apple uchta yangi iPhoneni namoyish etdi'ning rasmi

Apple kompaniyasi an`anaviy ravishda yangi qurilmalari taqdimotini o`tkazdi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.

Bu gal bir emas, bir nechta modellar namoyish etilgan.

Kutilganidek, kompaniya iPhone’ning uchta yangi modeli – iPhone XS, XS Max va XR’ni taqdim qildi. Taqdim qilingan barcha yangi modellarda iPhone X dizayni saqlanib qolingan. iPhone XS 5,8 dyyumli va 2436x1125 pikselli ekran, iPhone XS Max esa 6,5 dyuymli va 2688x1242 pikselli ekrandan iborat. iPhone XS va XS Max 6 yadroli A12 Bionic prosessorida ishlaydi. Kompaniyada ta`kidlanishicha, ushbu prosessor dasturlarga iPhone X’dagidan 30 foiz tezroq ishlashga imkon beradi.

    Boshqa yangiliklar