AsosiyJamiyat

«Uzcard» terminallari kechadan buyon ishlamayapti

'«Uzcard» terminallari kechadan buyon ishlamayapti'ning rasmi

O`zbekistonda to`lov kartalari 15 sentyabr soat 18:52 dan buyon ishlayapti, deb xabar qildi Uzcard matbuot xizmati.

“Yagona Umumrespublika Prosessing Markazining ma`lum qilishicha, texnik nosozliklar sababli 2018 yilning 15 sentyabri, soat 18:52 dan boshlab POS, E-POS terminallari va ATM qurilmalari prosessing markazi bilan vaqtinchalik ulana olmasligi mumkin. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`raymiz”, - deyilgan.

Shuningdek, “O`zbektelekom” Aksiyadorlik jamiyati UzCard tizimida ayni damda kuzatilayotgan muammolarga hech qanday aloqasi yo`qligini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar