AsosiyJamiyat

Propiska qiladigan tashkilotlar soni yana bittaga ko`payadi

'Propiska qiladigan tashkilotlar soni yana bittaga ko`payadi'ning rasmi

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama qilinmoqda, deb xabar bermoqda Norma.

Eslatib o`tamiz, Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro`yxatigaayni paytda 64 tashkilot kiritilgan.

Bunda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo`lgan shaxslar – O`zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro`yxati 11-bandiga muvofiq bunday tartibda vazirliklarga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar, shuningdek ularning oila a`zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o`z oilasi bo`lmagan farzandlari) – mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga propiska qilinishi mumkin.

Mazkur toifadagi fuqarolar doimiy propiskani rasmiylashtirishda tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasini, shuningdek lavozimga tayinlanganligi to`g`risidagi buyruqdan ko`chirma taqdim etishlari lozim.

Fuqaro 11-band bo`yicha propiska qilingan bo`lsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida uy-joy oldi-sotdisi, almashtirish, renta, umrbod egalik qilish sharti bilan boshqa shaxslarning nomiga o`tkazish va hadya qilish bitimlari, shuningdek ko`chmas mulkni (uning bir qismini) garovga qo`yish (ipoteka), undan boshqaning foydasiga voz kechish va uy-joy yoki noturar joyni boshqa shaxslarga berishning boshqa usullarida tuzilgan bitimlar notarial tasdiqlanishi va davlat ro`yxatidan o`tkazilishi quyidagi shartlarda amalga oshiriladi:

  • Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida 3 yil doimiy istiqomat qilish (lavozimda bo`lish);
  • IIBning doimiy propiskasi mavjudligi haqidagi ma`lumotnomasini taqdim etish;
  • 7.10.2016 yildagi 336-son VMQga 1-ilovada ko`rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan berilgan 3 yil mobaynida lavozimda bo`lganligi to`g`risida ma`lumotnoma.

So`ngra 1-band bo`yicha propiska qilinadi.

    Boshqa yangiliklar