1

"Avtomobilsiz kun" aksiyasida aholi ishtiroki qanday bo`ldi?

Jamiyat 16.09.2018, 16:32
Teglar: Foto
"Avtomobilsiz kun" aksiyasida aholi ishtiroki qanday bo`ldi?

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent markaziy eko bog`da Butunjahon ozon qatlamini muhofaza qilish kun”i munosabati bilan “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o`tkazildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi, Global ekologik jamg`armasi va bir qator hamkor vazirlik va idoralar bilan birga tashkil etilgan tadbir erta tongda Amir Temur xiyobonidan Bobur nomidagi Toshkent markaziy ekobog`igacha masofadagi avtomobil yo`lida velomarafon tashkil etildi.

Unda yuzlab kattayu kichik yurtdoshlarimiz ishtirok etdi. Mazkur musobaqa aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, sportni ommalashtirish, tabiatga zarar keltirmaydigan transport vositalaridan foydalanishni targ`ib qilish maqsadida tashkil etildi.

photo5253646895056792024.jpg

– Mazkur aksiya aholi, ayniqsa, yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilishda muhim omil bo`lmoqda, – deydi BMT Taraqqiyot dasturi mas`ul xodimi A.Xo`jaev. – Tadbir doirasida turli musobaqalar, tanlovlar o`tkazdik. Unda ko`plab yoshlar faol ishtirok etdi. Endilikda avtotransport vositalarisiz harakatlanish mumkinligi va zarurligini namoyish qilishga, uning barcha qatnashchilari tomonidan yo`l harakati qoidalariga rioya etishga ommaviy chaqirishga yo`naltirilgan “Avtomobilsiz kun” oylik aksiyasi muntazam asosda respublikaning barcha hududlarida tashkil etiladi. Maqsad sohada yo`l-transport hodisalari profilaktikasini ta`minlashdir. Aholini tabiatni asrashga jalb etishdir.

Aksiya doirasida bog`da bolalar uchun rasm chizish bo`yicha ijodiy tanlov va tabiatga zarar etkazmaydigan, mamlakatmizda ishlab chiqarilayotgan sovutish uskunalari yarmarkasi ham bo`lib o`tdi.

Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1