Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma`lumotiga ko`ra 2018 yil 15 sentyabr kuni soat 00:40 da Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumani Gluxoozersk ko`chasi 11-uydagi angarda yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Angardan 5 nafar inson evkuasiya qilinib tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan yordam ko`rsatilgan. Ularga malakali tibbiy yordam ko`rsatish uchun I.I.Janelidze nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy tekshirish institutiga joylashtirilgan. Tez yordam avtomobilida shifoxonaga olib ketilayotganda bir nafar shaxs halok bo`lgan.
Halok bo`lgan va jabrlanganlar O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridir. FVV, IIV TIV va Rosssiya Federasiyasining FVV bilan olib borilgan tadbirlari natijasida halok bo`lganlarning shaxsi aniqlangan.
Vafot etgan:
- Sultanov D.N 1983-y.t. (Ekaterininsk ko`chasi 10-uy sud-tibbiyot ekspertizasi morgiga joylashtirilgan)
Jabrlanganlar:
- Sultanov X.U. 1997-y.t.,
- Muxtarov M.Yu. 1978-y.t.,
- Ismailov Sh. 1995-y.t.,
- Churagolov M.Z. 1988-y.t.,
Jabrlanganlar I.I.Janelidze nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy tekshirish institutiga is gazidan zaharlanish tashxisi bilan (hozirda barchasining ahvoli qoniqarli) joylashtirilgan.






