1

Bugun O`zbekiston MTJ Bahraynga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazadi

Sport 10.10.2014, 13:13
Bugun O`zbekiston MTJ Bahraynga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazadi

Bugun O`zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda navbatdagi o`rtoqlik o`yinini o`tkazadi. Bu safargi raqib Bahrayn termasi.

O`zbekiston terma jamoasi shu kungacha Bahrayn bilan jami 9 ta o`yin o`tkazgan bo`lib, ularning 3 tasida biznikilar g`alaba qilishgan bo`lsa, 4 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. 2 ta o`yinda esa mag`lubiyatni tan olganmiz. To`plar nisbati 11:8 - vakillarimiz foydasiga.

Xabaringiz bor, 6 oktyabr kuni terma jamoamiz a`zolari Dohada Qatarga qarshi maydonga tushib, yirik hisobda mag`lub bo`lishdi. O`sha uchrashuvda Mirjalol Qosimov asosan milliy chempionatimizda to`p surayotgan futbolchilarni maydonga tushirganini ham alohida ta`kidlash kerak.

Bugungi o`yinda O`zbekiston terma jamoasi tarkibida legioner futbolchilar maydonga tushishi kutilmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, Qosimov chaqirgan barcha legionerlar terma jamoamiz ixtiyoriga etib kelgan. Ular bugungi o`yinda maydonga tushishga shay bo`lib turishibdi. Shu sababli Bahraynga qarshi bo`ladigan o`yinda vakillarimizdan mazmunliroq o`yin kutishga haqlimiz.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi. O`zbekiston milliy terma jamoasi 14 oktyabr kuni Dubayda BAA termasiga qarshi yana bitta o`rtoqlik o`yinida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1