AsosiyJamiyat

Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurtining kursantlari Tatyana Akbarovna bilan uchrashdi

'Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurtining kursantlari Tatyana Akbarovna bilan uchrashdi'ning rasmi

12 sentyabr kuni Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurti shaxsiy tarkibi O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy memorial majmuasiga ekskursiya uyushtirdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda O`zbekiston Birinchi Prezidentining rafiqasi Tatyana Akbarovna ham ishtirok etdi. «Butun olamni jo qilgan yurak» ko`rgazmasida bo`lib o`tgan tadbir barqarorlik va taraqqiyotning kafolati – O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining asoschisi Islom Karimovning xotirasiga bag`ishlandi. Tatyana Akbarovnaga bilim yurti kursanti tomonidan yaratilgan Birinchi Prezidentning portreti, Islom Karimov bilan uchrashish baxtiga muyassar bo`lgan yana bir kursantning she`riy to`plami va boshqa turdagi esdalik sovg`alari taqdim etildi.

Uchrashuv davomida Tatyana Karimova bilim yurti qo`mondonligi va kursantlarga O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti xotirasini o`zida aks ettirgan kitob va kataloglar hamda esdalik ko`krak nishonlarini topshirdi. Tadbir doirasida bilim yurti muzeyi mudirasi Shohista Artikova Islom Karimov nomli esdalik medali bilan taqdirlandi.

Kursantlar tomonidan tayyorlangan she`r, kuy va qo`shiqlar uchrashuvning mazmunli o`tishini ta`minladi. Tadbir so`ngida kursantlar majmua tarkibidan o`rin olgan ko`rgazmalar zalida namoyishga qo`yilgan rassom va haykaltaroshlarning san`at asarlari bilan tanishdilar.

    Boshqa yangiliklar