AsosiySport

AFC U-19. O`zbekiston - Indoneziya uchrashuvi 14:00da boshlanadi

Kecha Myanma davlatining Yangon shahrida 19 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatiga start berildi. Unda ikkita guruhda o`yinlar nihoyasiga etdi.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O`zbekiston termasi bo`lsa, bugun Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi.

O`yinga bo`lgan qiziqish o`zbekistonlik ishqibozlar orasida anchaginani tashkil qiladi. Bu tabiiydir. Zero, o`rtada JCh-2015 musobaqasiga beriladigan yo`llanma turibdi.


"Sport" telekanali ushbu o`yinni jonli ravishda efirga uzatadi. Umid qilamiz, termamiz dastlabki o`yinda kerakli natijani qo`lga kiritadi.

    Boshqa yangiliklar