AsosiyJamiyat

Farg`onada fuqarolar bilan "Ochiq-muloqot" o`tkazildi

'Farg`onada fuqarolar bilan "Ochiq-muloqot" o`tkazildi'ning rasmi

Jamiyatda qonun ustuvorligini ta`minlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, xalq bilan muloqot samaradorligini oshirish hamda inson manfaatlarini muhofaza qilishda qator ijtimoiy-siyosiy va huquqiy omillar muhim o`rin tutadi.

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta`minlash hamda odil sudlovga erishi darajasini oshirish sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishlari hisoblanadi.

Mazkur ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan hamda xalq bilan muloqot samaradorligini oshirish maqsadida 2018 yil 14 sentyabr kuni Quvasoy shahar “Kvars” aksionerlik jamiyatida jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat sudining sudyalari D.Xaliknazarova va B.Ergashevlar ishtirokida fuqarolar bilan “Ochiq-muloqot” o`tkazildi.

“Ochiq-muloqot”da “Kvars” aksionerlik jamiyati ishchi-xodimlari, keng jamoatchilik va OAV vakillari qatnashdilar.

Muloqot davomida sudyalar tomonidan fuqarolarga o`zganing mulkini o`zlashtirish yoki rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilish, firibgarlik, o`g`irlik, qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O`zbekiston Respublikasiga qirish jinoyatlari uchun javobgarlik masalalari, ushbu jinoyatlarni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo`lgan profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv qatnashchilari o`zlarini qiziqtirgan savollarga soha xodimlari tomonidan tegishli javoblarni oldilar, shuningdek sud xodimlari sudyalarni xalq bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot o`rnatishi hamda fuqarolarni odil sudlovga erishish darajasini amalga oshirilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligi, sudyalar tomonidan sud qarorlari e`lon qilingandan so`ng qarorning mazmun-mohiyatini taraflarga va sudda qatnashgan keng jamoatchilik vakillariga tushuntirish amaliyoti yo`lga qo`yilganligini tushuntirib o`tdilar.

Shu bilan birga, fuqarolar sudyalar tomonidan sayyor tarzda qabul qilinib, ularning murojaatlari yuzasidan qonuniy tushuntirishlar berildi.

    Boshqa yangiliklar