AsosiyHi-tech

Nemislar videoregistrator kadrlarini internet tarmog`iga joylashtirgani uchun 300 ming evro to`laydi

Bavariya hukumati videoregistratorlardan olingan kadrlarni internet tarmog`iga joylashtirgan odamga 300 ming evro jarima solishni tasdiqlovchi qonun qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bunday qonun loyihasini ishlab chiqishga o`tgan haftada federal erda sodir bo`lgan voqea sabab bo`ldi, deya xabar beradi Focus.

Kuz mavsumining boshlarida ismi ma`lum qilinmayotgan bavariyalik avtohavaskor qonun himoyachilariga bir necha o`nlab avtomobil egalarining qoidalarni buzganligi aks ettirilgan roliklarni taqdim etgan. Roliklarni diqqat bilan o`rganib chiqqan polisiya shu asosida ularni taqdim etgan odamning o`zini ham jarima tortish mumkinligini ko`rishdi.

    Boshqa yangiliklar