AsosiyJamiyat

Endilikda notarius fuqarodan 17-shaklni talab qilmaydi

'Endilikda notarius fuqarodan 17-shaklni talab qilmaydi'ning rasmi

Notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan “yagona darcha” tamoyili bo`yicha bitimlarni tasdiqlashda davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilishning ma`muriy reglamentlarini tasdiqlash to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan turar joy oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlashda turar joyda doimiy propiskada bo`lgan shaxslar haqidagi ma`lumotlarni olishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga muvofiq, turar joyda doimiy ro`yxatga olingan shaxslar haqida ma`lumot olishda davlat notarial idoralari va ichki ishlar organlarining o`zaro hamkorlik qilishi tartibi belgilandi.

Mazkur tartibga ko`ra, turar joy mulkdori yoki uning nomidan harakat qilishga vakolatli bo`lgan vakil turar joy oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlash uchun DNIga ko`chmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda kadastr yig`majildi, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etadi.

Bunda notariuslar ma`lumot olish uchun turar joy joylashgan ichki ishlar organiga kurerlik xizmati orqali yozma shaklda yoki idoralararo elektron tizimlar orqali so`rovnoma bilan murojaat qiladi.

Ichki ishlar organlari, agar so`rovnoma kurerlik xizmati orqali yuborilsa – bir soat ichida yozma yoki elektron shaklda, elektron tizim orqali yuborilsa – zudlik bilan real vaqt rejimida elektron shaklda javob berishi shart.

Ma`lumotlar ichki ishlar organlari tomonidan bepul beriladi.

Ushbu Reglament 2019 yil 1 yanvardan amalga kiradi.

Notariuslar tomonidan “yagona darcha” tamoyili bo`yicha turar joy oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlashda turar joyda doimiy propiskada bo`lgan shaxslar haqidagi ma`lumotlarni olish sxemasi quyida keltirilgan:

30

    Boshqa yangiliklar