AsosiyJamiyat

UzCard faoliyati qayta tiklandi

'UzCard faoliyati qayta tiklandi'ning rasmi

UzCard faoliyati qayta tiklandi, deb xabar qildi mahalliy bank kartalar operatori.

"UzCard tizimida "noxush hodisa" yuz berganidan so`ng kompaniyamiz mutaxassislari tomonidan uni bataraf etish va prosessing markazi faoliyatini tiklash hamda kartalardagi ma`lumotlarni saqlab qolish uchun barcha choralar ko`rildi. Shuningdek ushbu hodisa yuzasidan taftish o`tkazildi. Tizimni qayta tiklash uchun o`z mutaxassislarimizdan tashqari hamkor kompaniyalardan ham mutaxassislar taklif qilindi", - deyilgan kompaniya xabarida.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida barcha texnik va dastur muammolari bartaraf etildi. Ayni damda UzCard tizimi faoliyatini to`liq tiklash uchun bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar