O`zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalarni boshqarish uchun taklif qilinmoqda. Ravshan Ermatov va Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar brigadalari Osiyo Chempionlar ligasi bahslarini boshqarish uchun takliflar olganini xabar qilgan edik.
Ayollar o`rtasidagi U-16 Osiyo chempionatining saralash bahslaridagi bugungi Bahrayn – Bangladesh o`yinini o`zbekistonlik Edita Mirobidova boshqaradigan bo`ldi. Unga qanotda hamyurtimiz Zilola Rahmatova yordam beradi. Bu haqida O`FA xabar bermoqda.






