AsosiyJamiyat

20 sentyabr kuni ob-havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`ishi mumkin

'20 sentyabr kuni ob-havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`ishi mumkin'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 20 sentyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`ishi mumkin.

Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 22-24 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar