Terroristik tashkilotlarga adashib kirib qolgan fuqarolar jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin

Jinoyat 20.09.2018, 10:31
Terroristik tashkilotlarga adashib kirib qolgan fuqarolar jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin

Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to`g`risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Farmonda ta`kidlanganishicha, 2017 yilda sodir etgan qilmishiga pushaymon bo`lgan 18 mingdan ziyod fuqarolar terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar faoliyatida ishtirok etishga moyil bo`lgan shaxslar ro`yxatidan chiqarildi.

Farmonga muvofiq, terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning murojaatlarini ko`rib chiqish bo`yicha Respublika idoralararo komissiyasi tuziladi.

2018 yil 1 noyabrdan boshlab:

  • terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O`zbekiston fuqarolari Komissiya xulosasiga asosan jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi;
  • Komissiya tomonidan salbiy xulosa chiqarilgan taqdirda barcha holatlar qonun hujjatlarida o`rnatilgan tartibda ko`rib chiqiladi.

Bunda fuqarolar quyidagi hollarda

  • aybini bo`yniga olish to`g`risida shaxsan arz qilib kelsa, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymon bo`lsa va tuzalish yo`liga o`tgan bo`lsa;
  • jinoiy faoliyat va boshqa huquqqa xilof qilmishlarni fosh etishda faol yordam bergan bo`lsa;
  • taqiqlangan tashkilotlar safiga aldov yo`li bilan jalb etilgan bo`lsa;
  • taqiqlangan tashkilotlarning g`oyaviy yoki ma`naviy rahnamosi bo`lmagan bo`lsa;
  • jangovar harakatlarda va qo`poruvchilik harakatlarini sodir etishda ishtirok etmagan bo`lsa;
  • terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida taqiqlangan tashkilotlarda o`quv, maxsus yoki harbiy tayyorgarlikdan o`tmagan bo`lsa;
  • terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida chiqish yoki harakatlanishni amalga oshirmagan bo`lsa;
  • xalqaro terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etmagan bo`lsa;
  • terroristik, ekstremistik va boshqa buzg`unchi g`oyalar mavjud bo`lgan materiallarni adashib yoki axborot-kommunikasiya vositalarida tarqatishga qasd qilmagan va bunday maqsadni ko`zlamagan holda saqlagan bo`lsa.
  • Ushbu Farmon fuqarolarning O`zbekiston hududiga kirishini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1