1

​Qoraqalpog`istonda 6100 AQSh dollarini yashirincha olib chiqmoqchi bo`lgan shaxs to`xtatib qolindi

Jinoyat 20.09.2018, 19:30
​Qoraqalpog`istonda 6100 AQSh dollarini yashirincha olib chiqmoqchi bo`lgan shaxs to`xtatib qolindi

Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o`tilishiga doir holat fosh qilindi, deb xabar berdi boshqarma axborot xizmati.

Xususan, “Qoraqalpog`iston” temir yo`l stansiyasida “Nukus-Beyneo`” yo`nalishida harakatlanayotgan yo`lovchi poezdida respublikamizdan chiqib ketayotgan fuqaro M.O.ga tegishli sumka bojxona nazoratidan o`tkazilganida, yuklar orasida bojxona xodimining og`zaki so`rovida va yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ma`lum qilinmagan 6100 AQSh dollari yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o`tamiz, jismoniy shaxslarga 5 000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.

Chet el fuqarolari esa O`zbekiston Respublikasiga kirish chog`ida olib kirgan miqdordagi naqd xorijiy valyutani erkin olib chiqib ketishlari mumkin.

Belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun Markaziy bankning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar talab etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1