AsosiyShou-biznes

Gollivud aktrisasi Misti Apxem bedarak yo`qoldi

Yulduzning yaqinlari bergan xabarga ko`ra, uni 5 oktyabrdan beri ko`rishmagan. Bir haftalik mustaqil qidiruvdan so`ng qarindoshlar polisiyaga xabar berishga majbur bo`lishgan.

So`nggi paytlarda Apxemning og`ir ruhiy holatda ekanligi hisobga olinsa, vaziyat tashvishlanarli.

TASS xabariga ko`ra, aktrisa bir hafta yaqinlari bilan ham, do`stlari bilan ham aloqa qilmagan. Yulduzning otasi uning yo`qolganligi to`g`risida polisiyaga ma`lumot bergan. Uning aytishicha, Apxemning boshiga kulfat tushgan va oldin hech qachon bunchalik uzoq vaqt yo`qolib ketmagan. Oxirgi paytda u kuchli bosim ostida bo`lgan va ketib qolishi to`g`risida bir necha marta gapirgan.

32 yoshli aktrisaning oxirgi roli bu “Avgust: Oseyj grafligi” filmidagi xizmatkor Jonadir. Bundan tashqari Apxem “Muzlagan daryo” filmida bosh rolni ijro etgan.

    Boshqa yangiliklar