AsosiyDunyo

“Xudxud” sakkiz kishining umriga zomin bo`ldi

Hindistonning janubiy-sharqida sodir bo`lgan “Xudxud” bo`roni natijasida kamida sakkiz kishi halok bo`ldi. Qutqaruvchilar ushbu hududda jabr ko`rganlarga yordam ko`rsatish operasiyasiga tayyorlanishmoqda deya xabar berdi Associated Press agentligi.

Halok bo`lganlarning besh nafari Andxra-Pradesh shtati fuqarosi bo`lsa, uch nafari Orissa shtati fuqarosidir. Shu bilan birga bo`ronning asosiy quvvati Vishakxapatnam shahrini vayron qilgan. U erdan oldinroq 400 ming mahalliy aholi evakuasiya qilingan edi.

Ayni paytda bo`ron jimoliy g`arbga qarab 150 kilometr soat tezlik bilan harakatlanmoqda. 

    Boshqa yangiliklar