AsosiyShou-biznes

Iste`dodli omadsizlar

Aytishlaricha, iste`dodli odam hamma narsada qobiliyatli bo`lar ekan, ammo sportda yuqori natijaga erisha olmaydi. Jismoniy tarbiya bilan millionlab insonlar shug`ullanishadi, ammo o`zini haqiqiy sinab ko`rish va muvaffaqiyatga erishish hammaga ham nasib etavermaydi. Quyida sportga katta ishonch bilan qaragan, biroq tarixga boshqa sohadagi muvaffaqiyatlari bilan kirganlar haqida hikoya qilinadi.

Jeyson Stetxem

U bolaligidanoq sport va akterlik mahoratini birga yuksaltirishga harakat qilgan, biroq uning eng katta qiziqishi suvga sakrash bo`lgan. Stetxem Buyuk Britaniya terma jamoasiga safiga qo`shiladi va 1988 yili Seulda o`tkazilgan Olimpiya o`yinlarida qatnashadi. 1992 yili jamhon chempionatida 12-o`rinni egallaydi.

Stetxemga sportchilik karerasini tugatishiga mablag` etishmasligi majbur qiladi. Bo`lg`usi Gollivud yulduzi ko`chada atir-upa va zargarlik buyumlarini sota boshlaydi. Keyin esa unga kiyim-kechak ishlab chiqaruvchisidan reklamada tushish taklifini oladi va Jeyson rozi bo`ladi.

Keyinchalik reklama firmasi tavsiyasiga ko`ra u rejisser Gay Richining yangi filmi uchun sinovlarda qatnashadi. Rejisser uni “Karta, pul, ikki to`pponcha” filmiga tasdiqlaydi. Bu esa omadsiz suvga sakrovchi uchun Gollivud eshiklarini ochadi.

Till Lindemann

Till butun dunyoga Rammstein guruhi xonandasi sifatida mashhur, lekin o`z vaqtida uning suzuvchi bo`lganligini juda kam kishi biladi.

Lindemann 10 yoshida suzish seksiyasiga kiradi va 1980 yili uni a`lo baholar bilan tugatadi. O`qish paytida u GDR tarkibida Evropa chemipionatida ishtirok etadi. Murabbiylar hattoki, 1980 yili Moskvada o`tkazilgan Olimpiadaga ham olib borishga nomzod sifatida ko`rsatishadi. Ammo Olimpiya o`yinlarga unchalik ko`p vaqt qolmagan bir paytda u Italiyada o`tkazilayotgan xalqaro musobaqa vaqtida qandaydir bo`lmag`ur do`konni aylanish maqsadida ruxsatsiz mehmonxonadan qochib ketadi. Aynan mana shu voqea uning sport sohasidagi faoliyatiga nuqta qo`yadi va u o`zini musiqada sinab ko`rishga qaror qiladi.

Zemfira

Zemfira Ramazanova Ufada basketbol bilan shug`ullana boshlaydi. “U mening qo`l ostimda uzov vaqt, aniqrog`i 1986-1993 yillar mobaynida o`ynadi. Jismoniy jihatdan unchalik ham alohida belgilarga ega bo`lmaganligi sababli u asosan boshiga e`tibor qaratardi”, - deya eslaydi uning birinchi murabbiyi Yuriy Maksimov.

Natijada bo`lg`usi qo`shiqchi basketbol bo`yicha Rossiya yoshlar terma jamoasiga sardorlikkacha borib etadi. Lekin 10-sinfda u bir qarorga keladi va 9 yil o`tib, basketboldan ketadi.

Aleksey Vanin

Aleksey bolaligida sportchi bo`lishni orzu qilgan, biroq uning rejalariga Ulug` Vatan urushi xalaqit bergan. 1941 yili Vanin frontga ketadi (yoshi etmaganligi sababli bir yosh qo`shib ko`rsatgan). Urush tugagandan so`ng yunon-rum kurashi bo`yicha sobiq Ittifoq terma jamoasiga tushadi. Natijada u sport ustasi unvoniga sazovor bo`ladi. Ittifoq chempionatida ikkita kumush va ikkita bronza medalni qo`lga kiritadi.

Vanin kinoda 1954 yili “Jahon chempioni” filmi orqali kirib keladi. Unga yunon-rum kurashi bo`yicha jahon chempionligiga erishgan qishloq bolasi rolini o`ynash ishonib topshiriladi. Ushbu filmdan so`ng Vaninga ko`plab takliflar kelib tusha boshlaydi. Uning eng mashhur filmlari sifatida “Omadl jentelmenlar”, “Afonya”larni aytib o`tish mumkin. U jami 70dan ortiq filmlarda rol ijro etgan.

Xyu Lori

Doktor Xaus roli ijrochisi yoshligida akademik eshkak eshish bilan jiddiy shug`ullangan. 1977 yili aynan shu sport turida yoshlar o`rtasida Buyuk Britaniya chempionligiga erishgan. Shuningdek, Xyu jahon chempionatida mamlakati sharafini ham himoya qilgan. U chempionatda o`z sheriklari bilan to`rtinchi o`rinni qo`lga kiritgan.

Universitetdaligidayoq Lori sportdan tashqari talabalar teatrida ham faoliyat ko`rsatgan. Xyu bundan tashqari musiqachi ham hisoblanadi. U 2012 yili dunyo bo`ylab turni amalga oshirgan.

Xulio Iglesias

Xulio yoshligida Madridning “Real” klubi yoshlar jamoasi darvozaboni bo`lgan. U pushkash, Alfredo Di Stfefano kabi futbolchilar bilan mashqlarda qatnashgan. Ammo 19 yoshida u avtofalokatga uchraydi va shundan keyin ikki yil kasalxonada mixlanib qoladi. Futbol sohasidagi karerasi tugaganligini bilgan Iglesias o`zini professional sahnada sinab ko`rishga qaror qiladi va jahon miqyosidagi yulduzga aylanadi.

Aytgancha, bo`lg`usi mashhur qo`shiqchi hech qachon “Real”dagi darvozabonlik uchun hamma narsadan voz kechishga tayyor ekanligi haqida gapiramagan.

Rene Lakost

Sport kiyimlari borasidagi dunyoga mashhur brend paydo bo`lmasidan oldin Rene Lakost o`z davrining eng yaxshi tennischilaridan hisoblanardi. Uning 10 marta Katta dubulg`a turniri g`olibi bo`lganligini, 1926 va 1927 yillarda jahonning birinchi raketkasi hisoblanganligini aytishning o`zi kifoya.

1926 yili Lakost AQSh ochiq chempionatida o`z tikkan ko`ylakni kiyib kortga chiqadi va shundan so`ng Lacoste sport kiyimlari brendi paydo bo`ladi.

Bubba Smit

Bubbaning otasi amerika futboli bo`yicha maktab jamoasi murabbiyi edi. Uning bolalikdanoq ushbu sport turiga qiziqishi hayratlanarli emas. 1967 yili bo`yi 2 metr va og`irligi 100 kilogrammdan ortiq bu yigitni Milliy futbol ligasiga taklif qilishadi. Bu turli vaqtlarda “Baltimor Kolts”, “Oklend Reyders” va «Xyuston Oylers” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Muxlislar Smitning ulkan qomatini yaxshi ko`rishardi va o`yin vaqtida “O`ldir, Bubba, o`ldir” deb bir ovozdan baqirishardi.

1975 yili olgan jarohati sabab u sportdan chekinadi va Gollivudga qadam bosadi. Kino sohasida uning tashrif qog`ozi “Polisiya akademiyasi” filmidagi baquvvat Mozes Xaytauer hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar