Hokimiyatlar tomonidan salkam shahar ramzi, shiorini anglatuvchi shaklga aylantirilgan yurakcha, “I love Tashkent” ramzlari bugungi kunda aholiga qanchalik ma`qul tushmoqda?
Bu haqda bugun, “O`zbekiston 24” radiokanalining “Postskriptum” loyihasida qatnashgan “XXI asr” gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalilov o`z fikr-mulohazalarini bildirib o`tdi, deb yozmoqda O`zA.
Norqobil Jalilovning fikricha “I love Tashkent” so`zlaridan ko`ra, “Toshkentga xush kelibsiz” so`zlari ma`qulroq. U “love” ramziy belgilarini uyat deb, bilishini aytdi. Bu haqda Norqobil Jalilov tuman hokimiyatiga e`tirozini bildirganda, mazkur maketni yasash uchun katta mablag` sarflanganini aytishganini ta`kidladi.
Qiziq, mablag` sarflashdan oldin hokimliklar bu haqida nega jiddiy o`ylab ko`rishmagan ekan? Necha ming yillik tarixga ega shahar, tumanlarimizni ramziy ifodalashda g`arbdan nusxa ko`chirishimiz uyat emasmi?






