Bugun, 25 sentyabr kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo`jaev Hindiston elchisi Shri Vinod Kumarni qabul qildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
J.Ortiqxo`jaev va Kumar Toshkent-Dehli o`rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish borasida o`zaro fikr almashishdi.
Shuningdek, uchrashuvda Hindistonning yangi elchixonasini qurish uchun poytaxt hududidan er maydoni ajratish masalasi ham muhokama qilindi.
1988 yil avgust oyida Toshkentda Hindiston bosh konsulligi ochilgan. Bir necha yildan so`ng u elchixonaga aylantirildi.






