Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimovning joriy yil 22 sentyabrda imzolangan qaroriga ko`ra, endilikda viloyat, tuman, shahar hokimliklari mansabdor shaxslarining hokimlik balansida bo`lgan davlat xizmat avtomashinalarini boshqarishi ta`qiqlanadi. Bu haqda "Zarafshon" gazetasi xabar bermoqda.
"Hokimliklar xizmat avtomashinalarini haydovchi o`rniga mansabdor shaxslarning boshqarishi oqibatida turli xil yo`l-transport hodisalarining sodir etilgani, yo`l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik holatlari shunday qaror qabul qilinishiga sabab bo`lgan", - deyilgan xabarda.
Bundan buyon hokimlik xizmat avtotransport vositalarini faqat biriktirilgan haydovchilar boshqaradi.






