AsosiyJamiyat

Piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochgan haydovchi qidirilmoqda

'Piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochgan haydovchi qidirilmoqda'ning rasmi

Sirdaryo tumanida shu yil 25 sentyabr kuni noma`lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinada “Tadbirkor” MFYdan o`tuvchi “Termiz –Toshkent” yo`lida yo`lni kesib o`tayotgan piyoda R.X.ni urib yuborgan. Haydovchi unga birinchi tibbiy yordam ko`rsatmay, voqea joyidan ketib qolgan. Natijada R.X. olgan jarohati sabab voqea joyida halok bo`lgan.

Ushbu yo`l-transport hodisasini sodir etgan noma`lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko`rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

    Boshqa yangiliklar