Navoiy viloyatida "Toyota" va "Lasetti" to`qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo`ldi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston FVV matbuot xizmati.
2018 yil 25 sentyabr kuni soat 17:30 larda Nurota tumani hududidan o`tuvchi 4R-36 "Jizzax-Forish-Qizilcha" avtomobil yo`lining 40-41 km oralig`ida "Toyota" rusumli avtomobil boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan "Lasetti" avtomobili bilan to`qnashub ketgan.
YTH natijasida "Toyota"da bo`lgan ikki nafar Pokiston fuqarosi hamda "Lasetti" haydovchisi bo`lgan O`zbekiston fuqarosi qurbon bo`lgan. "Toyota" avtomobilida bo`lgan yana bir nafar Pokiston fuqarosi jarohat olgan.
Ayni damda jarohatlangan fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyati filialiga yotqizilgan. Sodir bo`lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






