1

Buxoroda noqonuniy valyuta sotgan bank xodimi qo`lga olindi (video)

Jinoyat 27.09.2018, 10:03
Teglar: Video
Buxoroda noqonuniy valyuta sotgan bank xodimi qo`lga olindi (video)

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.R. va E.J. Yangibozor tumani, Bo`tqali qishlog`ida xaridorga har bir AQSh dollarini 8120 so`mdan hisoblab, ldindan kelishilgan 40 ming AQSh dollaridan 20 ming AQSh dollarini 162 mln 400 ming so`mga sotayotgan vaqtda qo`lga tushdi.

Shuningdek, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuraturaning matbuot xizmati xabar qildi.

Tadbir davomida «O`zsanoatqurilishbank» ATB Qoravulbozor filiali bosh hisobchisi A. har bir AQSh dollarini 8025 so`mdan hisoblab, 8000 AQSh dollarini 64,2 mln so`mga tanishi Sh. orqali sotgan vaqtda ushlandi.

A. dan 8000 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1