Sidzuok prefekturasida istiqomat qiluvchi 505 mingga yaqin aholi mamlakatning g`arbidan sharqiga qarab harakatlanayotgan “Vongfong” to`foni sababli evakuasiya qilish to`g`risida tavsiya olishdi, deya xabar beradi yapon nashri Mainichi. Aynan ushbu xabar Sikoku orolining 100 ming aholisiga ham yo`llangan.
Yapon meterologik agentligi xabariga ko`ra, Okinava oroli va Kyusyu hamda Sikoku orollarining janubiy hududlarini qamrab olgan to`fon seshanba kuni Xonsyu oroliga etib keladi. Keyin esa mamlakatning tinch okeani sohillariga qarab harakatlandi.
Ayni damda to`fon sababli 40 nafar kishi jabr ko`rgan, ularning biri bedarak yo`qolgan. "Vongfong" tufayli 400dan ortiq aviareyslar bekor qilindi. Falokat oqibatida mamlakatning janubidagi 50 ming mahalliy ahvoli elektr energiyasisiz qolishdi. Yuz minglab odamlar o`z uylarini tashlab ketishga majbur bo`lishdi.





