1

Shavkat Mirziyoevning Hindistonga tashrifi sanasi ma`lum qilindi

Siyosat 28.09.2018, 10:21
Shavkat Mirziyoevning Hindistonga tashrifi sanasi ma`lum qilindi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 2018 yil 30 sentyabr – 1 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo`ladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov.

Prezident Ram Nath Kovind, Bosh vazir Narendra Modi va Hindistonning boshqa rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralarda davlatlararo hamkorlikni yanada kengaytirishning aniq yo`llarini ko`rib chiqish, mintaqaviy va xalqaro siyosatning muhim masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz Nyu-Deli shahrida savdo-iqtisodiy va investisiya sohalaridagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishning amaliy jihatlarini, jumladan, O`zbekiston –Hindiston ishbilarmonlar kengashini ta`sis etish taklifini muhokama qilish uchun Hindistonning etakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o`tkazadi.

Shuningdek, O`zbekiston delegasiyasi tashrif doirasida Hindistonning qadimgi poytaxti, jahonga mashhur me`moriy obida – muhtasham Toj Mahal joylashgan Agra shahriga tashrif buyuradi.

Tashrif yakunida O`zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vazirining qo`shma bayonoti qabul qilinishi, O`zbekiston – Hindiston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan salmoqli hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar, mamlakatlarimiz hududlari va muassasalari o`rtasida hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1