1

Dushanbe shahrida MDH sammiti boshlandi

Siyosat 28.09.2018, 12:19
Dushanbe shahrida MDH sammiti boshlandi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi Koxi somon saroyida 28 sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Majlisda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etmoqda.

Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara o`tkazdi.

Unda nutq so`zlagan Prezidentimiz jahonda jadal o`zgarishlar ro`y berayotgan, xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi zarurligini, ko`p qirrali hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon bo`lib xizmat qilayotganini ta`kidladi.

O`tgan yil O`zbekistonning MDHdagi faoliyatida yangi bosqich bo`ldi. Mamlakatimiz Hamdo`stlikning iqtisodiyot, energetika, fan va innovasiyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi sohalarni qamrab olgan 10 dan ortiq tarmoq organlariga qo`shildi. Joriy yil boshidan O`zbekistonning MDH davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi jadal o`smoqda.

Mamlakatimiz tashabbuslari MDH mintaqasida savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Sammitda Prezident Shavkat Mirziyoev ko`p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb va istiqbolli yo`nalishlariga to`xtalib o`tdi.

O`zbekiston 2020 yilda MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisini o`tkazishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1