1

Lennoks Lyuis: O`zbekistondan iqtidorli chempion chiqarishga yordam berishim mumkin

Sport 13.10.2014, 17:42
Lennoks Lyuis: O`zbekistondan iqtidorli chempion chiqarishga yordam berishim mumkin

Yosh boks iqtidorlarini izlab, dunyoga tanitishga qaratilgan loyiha  “Chempionni izlab” (In Search of Champions)ni amalga oshirib kelayotgan Lennoks Lyuis o`zbekistonlik yoshlarni ham ushbu loyihada ishtirok etishga taklif qildi.

Istalgan boks ustasi mana bu http://insearchofchampions.com/ internet sahifasiga kirib, shartlar bilan tanishib ro`yxatdan o`tadi, so`ng kichik formatda mashg`ulotidan va “sparring”idan olingan video lavhalarni yuklab, bizga jo`natishi lozim. Uning fikricha, zzbekistonlik yosh iqtidor talablarga to`g`ri kelsa, uning chempionga aylanishi uchun shaxsan yordam berishi mumkin.

Lennoks Klaudius Lyuis, ringdagi laqabi: Sher (Arslon). Kanada hamda Buyuk Britaniya fuqarosi. 1965 yil 2 sentyabrda (49 yosh), Angliyaning London shahrida, Vest Xem tumanida dunyoga kelgan. Bo`yi 1 metr 96 sm, 213 santimetr balandlikka zarb bera oladi.

Professional ringda 44 ta jang o`tkazib, 41 tasida g`alaba qozongan (32 tasi nokaut bilan yakun topgan), ikki marta mag`lub bo`lgan va bir bora durang natijani qayd etgan(SportsUz: Evander Xollifild bilan). Havaskor boksda o`ta og`ir vaznda Olimpiya chempioni unvoniga ega (1988 yil, Seul Olimpiadasi). Professional boksda super og`ir vaznda “Mutlaq engilmas chempion” unvonini shu kungacha ushlab turgan yagona bokschi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1