1

Shavkat Mirziyoev va birinchi xonim Tojmahalni ziyorat qildi

Siyosat 30.09.2018, 15:08
Teglar: Foto
Shavkat Mirziyoev va birinchi xonim Tojmahalni ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoev rafiqasi bilan birga 30 sentyabr kuni Agradagi Toj Mahal majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezidentimiz Hindistonga davlat tashrifini ushbu tarixiy obidadan boshlagani bejiz emas. Boburiylar merosi bo`lgan ushbu yodgorlik o`zbek va hind xalqlarining tarixi mushtarakligi, ikki mamlakat aloqalari mustahkam asosga ega ekani ifodasidir.

Ma`lumki, Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari Hindistonda ulkan maqbaralar, qal`alar, shaharlar bunyod etgan. Savdo, ilm-fan, madaniyat, memorchilikni rivojlantirgan. Toj Mahalni ham Bobur bobomizning avlodi Shoh Jahon qurdirgan.

Uning memoriy echimi shunchalik murakkab va noyob bo`lganki, minglab quruvchilar tomonidan 20 yildan ziyod vaqt davomida barpo etilgan. Maqbara va minoralarning hamma joyi oq marmar bilan qoplangan. Yodgorlik yurtimizdagidek naqshlar va Qur`on suralari bilan bezatilgan.

Toj Mahal dunyoning etti mo``jizasidan biri sanaladi. 1983 yilda YuNESKOning jahon merosi ro`yxatiga kiritilgan.

Bu tarixiy obida hamon go`zalligi va muhtashamligi bilan butun dunyo sayyohlarini o`ziga jalb etadi. Bu erga har yili qariyb 5 million turist keladi. Toj mahal Hindistonning turizm salohiyati, ayniqsa, agraliklar hayotida muhim o`rin tutadi.

Maqbara ziyorati chog`ida Qur`on tilovat qilindi.

Hindistonlik rasmiylar bilan muloqotda Prezidentimiz O`zbekistonda ham qadimiy obidalar, muqaddas ziyoratgohlar ko`pligi, ikki mamlakat o`rtasida sayyohlar bordi-keldisini kengaytirish zarurligini ta`kidladi.

Shavkat Mirziyoev majmuaning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.

Davlatimiz rahbari Nyu-Dehli shahriga jo`nab ketdi.

Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1