Ijtimoiy tarmoqlarda AQShning Janubiy Karolina shtatida qiruvchi samolyotlarning yangi beshinchi avlodiga mansub bo`lgan F-35B samolyotining halokatga uchragani aks etgan videorolik paydo bo`ldi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Mazkur videorolik aviasiya mavzusiga ixtisoslashgan Breaking Aviation News ning Twitter-akkauntiga joylashtirilgan. S`yomka hodisa yuz bergan joyning qarama-qarshi tomonidan suratga olingan. Videoda erdan ko`tarilayotgan quyuq qora tutunni ko`rish mumkin. Uning izohida bu kadrlar halokatdan bir soat keyin suratga olingani ma`lum qilingan. Halokat oqibatida hech kim jabrlanganmagan.






