Yangi Zelandiya qirg`oqlarida erkakning yuziga sakkiz oyoqni irg`itgan tyulen videoga olindi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Kadrda og`zida sakkiz oyoqni tishlagancha qayiq bilan yonma-yon suzib kelayotgan tyulenni ko`rish mumkin. U payt poylab turib, kuch bilan sakkiz oyoqni qayiqchilardan birining yuziga irg`itgan.
“Tyulen sakkiz oyoqni shunchalik kuch bilan irg`itdiki, kutilmaganda yuzimga kelib urildi”, dedi hodisa “qurboni” bo`lgan erkak. Uning so`zlariga qaraganda, mazkur hodisada o`limdan qutulib qolgan sakkiz oyoq g`olib bo`lgan.






