O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Nyu-Dehli shahrida o`zi uchun ajratilgan qarorgohda Hindiston Respublikasi Vise-prezidenti, senat raisi Venkaya Nayduni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz aloqalarini rivojlantirishning turli jihatlari, o`zaro hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalariga e`tibor qaratildi.






