1

AFC U-19. Bugun O`zbekiston guruhdan chiqish uchun Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi

Sport 14.10.2014, 09:23
AFC U-19. Bugun O`zbekiston guruhdan chiqish uchun Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi

Myanma davlatida davo etayotgan 19 yoshlilar o`rtasidagi Osiyo chempionatida bugun 3-tur o`yinlari davom ettiraladi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz guruhdan chiqish uchun Avstraliya termasiga qarshi maydonga tushadi.

Ayni paytda vakillarimiz jamg`argan ochkolar soni 4tani tashkil etmoqda. Avstraliya termasi ham xuddi shuncha ochko to`plagan. Faqatgina to`plar nisbati bo`yicha biz “kengurular yurti” vakillaridan oldindamiz. Shuningdek, bugun avvalgi turda biz bilan durang o`ynagan BAA termasi ham Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi.

Guruhdan chiqish uchun Indoneziyadan tashqari qolgan 3ta terma jamoada ham imkoniyat mavjud. Bizning vazifa qolgan raqiblarga qaraganda nisbatan osonroq. Haydarov shogirdlari bugungi o`yinda mag`lubiyatga uchrashmasa, kifoya. Shunda biz chorak finalga yo`l olamiz.

Xabaringiz bor, chorak finalda Tailand yoki Myanma termalaridan biriga qarshi bahs olib boramiz. Umid qilamizki, terma jamoamizx a`zolari bugungi o`yinda ishonchli o`yin namoyish qilib, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishadi.

O`zbekiston – Avstraliya o`yini Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. Uchrashuv “Sport” telekanali orqali “jonli” efirda namoyish etilishi ko`zda tutilgan.

Guruhdagi 3-tur o`yinlari bir vaqtda boshlanishini eslatib o`tamiz.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1