AsosiyDunyo

Makedoniyaning nomini o`zgartirish bo`yicha saylov bo`lib o`tdi

'Makedoniyaning nomini o`zgartirish bo`yicha saylov bo`lib o`tdi'ning rasmi

Makedoniya davlati nomi o`zgartirilishi bo`yicha o`tgan referendumda ovoz berish natijalari tan olinishi uchun zarur bo`lgan 50 foizdan kamroqni tashkil qildi, deb xabar berdi TASS nashri.

Makedoniya markaziy saylov komissiyasi ma`lumotlariga ko`ra, mamlakat aholisining faqat 34 foizi referendumda ishtirok etgan. Ovoz berganlarning 90 foizi Makedoniya nomining o`zgartirilishini qo`llab-quvvatlashgan. Afina va Skope o`rtasidagi kelishuvga qarshi chiqayotgan, Gresiya mudofaa vaziri Panos Kammenos referendum muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ta`kidlayotgan bo`lsa, Makedoniya bosh vaziri Zoran Zaev esa aksincha, ovoz berish muvaffaqiyatli o`tganini ma`lum qilgan. Ma`lum qilinishicha, referendumdagi past davomatga davlatning avvalgi nomi qoldirilishini istayotgan millatchilarning ovoz berishni boykot qilishga undashlari sabab bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar