AsosiyDunyo

Indoneziyada yana zilzila kuzatildi

'Indoneziyada yana zilzila kuzatildi'ning rasmi

Indoneziya sohillarida yana er silkinishi kuzatildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Bu gal 5.9 magnitudali zilzila Flores oroli yaqinida ro`y berdi. Bundan oldingi kuni sodir bo`lgan 7,5 balli zilzila va sunami qurbonlari soni 1,2 ming kishidan oshganligi xabar qilinmoqda. Reuters xabarlariga ko`ra, xar ikkala silkinish hamda yopirilgan 2 metrli to`fon oqibatida bedarak yo`qolganlarni vayronalar ostidan qidirish, qutqarish ishlari davom etmoqda. Olingan ma`lumotlarga ko`ra, mehmonxona qoldiqlari ostidan 3 kun davomida qolib ketgan odamlar chiqarib olingan. Boshpanasidan ajralgan odamlar esa egulik topish uchun do`konlarga kirib, qo`llariga ilingan oziq-ovqat mahsulotlarini olib ketishmoqda.

    Boshqa yangiliklar