Xitoyda mamlakatning milliy bayrami nishonlandi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Mazkur tantana munosabati bilan butun Xitoy bo`ylab feyerverklar tashkil etildi. Barcha yirik shaharlar ko`chalari yorqin chiroqlar bilan bezatildi. Mamlakatning milliy bayrami doirasida yana ko`plab festivallar o`tkazilmoqda. Ushbu bayram tomoshalarini bevosita ko`rish uchun qariyib 300.000 kishi tashrif buyurgan.






