AsosiyDunyo

Britaniyada 8 yoshli qizini pichoqlagan ota 27 yilga ozodlikdan mahrum etildi

'Britaniyada 8 yoshli qizini pichoqlagan ota 27 yilga ozodlikdan mahrum etildi'ning rasmi

Britaniyalik Uilyam Billinghem sakkiz yoshli qizi Mile Billinghemni o`z rafiqasidan “qasos” olish maqsadida shafqatsizlarcha pichoqlab o`ldirgan. Sud unga ushbu qotilligi uchun 27 yillik qamoq jazosini tayinladi.

Sudda keltirilishicha, Billinghem o`z rafiqasi axloqiy nobop ayol bo`lganligi sabab jahl ustida o`z qizini o`ldirgan.

Guvohlarning aytishicha, oiladagi kelishmovchiliklar anchadan beri davom etib kelayotgan bo`lgan. Billinghem shuningdek, qotillikdan biroz avval qo`shnisi Taundry xonimga ham pichoq bilan tahdid qilgan. Taundry xonimning sudga bergan ko`rsatmasi tufayli Billinghemning jazo muddatiga yana ikki yil qo`shib berilgan va 27 yildan so`ng jazoni o`tab ozod bo`lishidan oldin uning ishi yana qayta ko`rib chiqilishi belgilab qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar