AsosiyDunyo

Kim Chen In paydo bo`ldi

KXDR rahnamosi Kim Chen In so`nggi 40 kun ichida birinchi marta ko`rinish berdi. Bu haqda STAK agentligi xabar berdi.

Shimoliy Koreya yo`lboshchisi olimlar uchun qurilayotgan “Sputnik” hududida, shuningdek yaqindagina qurib bitkazilgan Davlat fanlar akademiyasi energiyaning tabiiy manbalari institutida bo`ldi.

Kim Chen In 3 sentyabrdan beri ko`rinish bermayotgan va buning natijasida sog`lig`i haqida turli mish-mishlar paydo bo`lgan edi. Sentyabr oyining oxirida uning oyog`idan olgan jarohati sabab davolanayotganligi xabar qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar