Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on qo`shni Suriyada davom etayotgan mojaroga echim topish uchun sammit uyushtirishini ma`lum qildi, deb xabar qildi Vesti nashri.
Bu haqda poytaxt Anqarada bo`lib o`tgan partiya a`zolari ishtirokidagi yig`ilish chog`ida xabar qilgan. Ta`kidlanishicha, Sammit Istanbulda o`tkaziladi va unda Rossiya, Germaniya hamda Fransiya rahbarlari ishtirok etadi. Erdo`g`on Suriya shimolidagi kuzatuv nuqtalarini mustahkamlashini va radikal guruhlarga qarshi Rossiya bilan hamkorlik qilishini bildirgan.






