1

Madaniy meros – O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi muloqot ko`prigi

Madaniyat 04.10.2018, 10:16
Madaniy meros – O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi muloqot ko`prigi

Prezident Shavkat Mirziyoevning Fransiyaga davlat tashrifi arafasida Parij shahrida “Madaniy meros – O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi muloqot ko`prigi” media-iventi bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, YuNESKO, mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan media-iventda O`zbekistonning madaniy meroslari haqida ma`lumot berildi.

O`zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o`rinbosari S.Safoev, mamlakatimizning Fransiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi S.Rustamboev, YuNESKO Bosh direktori o`rinbosari Ernesto Renato Ottone Ramires, O`zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili U. Shodiev va boshqalar O`zbekiston-Fransiya o`rtasidagi aloqalar yangi bosqichda rivojlanayotgani, bunda madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar muhim o`rin tutishini qayd etdi.

2.JPG

3.JPG

19.JPG

Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar, jumladan, madaniy-ma`rifiy sohalarda samarali xalqaro hamkorlik qilish uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida hujjatli film namoyish etildi. O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasining “O`zbekiston madaniy merosi mamlakatlar va xalqlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” loyihasi doirasida chop etilgan turkum kitoblar namoyish qilindi.

Tadbir doirasida mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasida rasmiy qabul marosimi bo`lib o`tdi. Unda o`zaro madaniy-ma`rifiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari haqida so`z borar ekan, ikki davlat rasmiy va akademik doiralari vakillari O`zbekiston va Fransiyaga tegishli noyob hujjatlarni birgalikda tadqiq qilish va natijalarini keng jamoatchilikka etkazish masalalariga e`tibor qaratdi.

20.JPG

22.JPG

8.JPG

“Madaniy meros – O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi muloqot ko`prigi” mavzusidagi ilmiy seminarda ikki mamlakat taniqli olimlari o`zaro hamkorlikni yanada mazmunan boyitish, yangi loyihalar ustida ishlash, ilmiy-ma`rifiy almashinuvni faollashtirish istiqbollarini muhokama qildi.

Tadbir doirasida YuNESKOga “O`zbekiston madaniy merosi mamlakatlar va xalqlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” loyihasi doirasida nashr etilgan turkum kitoblardan namunalar topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1