AsosiyDunyo

Yaponiyada baliq bozorining ko`chirilishi noroziliklarga sabab bo`ldi

'Yaponiyada baliq bozorining ko`chirilishi noroziliklarga sabab bo`ldi'ning rasmi

Yaponiyaning Tokio shahrida tarixiy baliq bozorining boshqa joyga ko`chirilishi noroziliklarga sabab bo`lmoqda, deb xabar bermoqda RIA novosti nashri.

Sukudzi baliq bozori barcha sayyohlar orasida mashhur bo`lib, u 50 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat ko`rsatadi. Bu erda 2 mingdan ortiq baliq sotuvchilari bor. Ular esa dunyodagi eng katta baliq bozorining ko`chirilishiga qarshi. Uning ko`chirilish rejasi 17 yil avval tuzilgan bo`lib, ayrim sabablarga ko`ra, kechiktirib kelinayotgan edi. Buning sababi – atrofning ifloslanishi hamda ichimlik suvining zaharlanishi bilan bog`liq ekani xabar qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar